De Xea “Manchester Yunayted” darvozasini qo‘riqlamaydi

  • 5 mart, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning asosiy darvozaboni David De Xea bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu hamda jamoa bosh murabbiyi Sulsher ma’lum qildi.

Tecno

- De Xea shaxsiy ishlari tufayli o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Bu muayyan vaqtni talab etadi. Yana bir darvozabonimiz Din Xenderson tez o‘smoqda. U shu tarzda davom etishi kerak, - dedi Ule-Gunnar Sulsher.

Avvalroq, ispaniyalik darvozabon birinchi bor ota bo‘lishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi. De Xea joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!