
De Xea MYu bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi
“Manchester Yunayted” klubi darvozaboni David De Xea mankuanliklar safida to‘p surishda davom etadi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli ispaniyalik posbon “qizil iblislar” bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 19,5 mln evro maosh oladi. E’tiborlisi, u shu tariqa dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozaboniga aylanadi.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma MYu AQSh turnesidan qaytgach imzolanadi.
Eslatib o‘tamiz, De Xea “Manchester Yunayted”da 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar