
De Xeaning "Manchester Yunayted"dagi o‘rnini kim egallashi aniq
“Inter” darvozaboni Andre Onana "Manchester Yunayted"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Get Italian Football News nashrining La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, “qizil iblislar” David De Xea o‘rniga aynan 27 yoshli kamerunlik posbonni olib kelmoqchi. Kecha ingliz klubi vakillari Onananing agenti bilan bog‘lanib, tez orada "Yunayted"dan rasmiy taklif kelishini ma’lum qilgan.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Onana uchun “Inter”ga 50 million evro va bonuslar berishga tayyorligini bildirgan. Transfer keyingi haftada amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Andre Onana o‘tgan mavsum “Inter” safida A Seriyada 24 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar