De Yong "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi arafasida!
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong klub rahbariyati bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida yangi muzokaralar olib bormoqda. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, tomonlar yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shartnoma shu hafta oxirigacha rasmiylashtirilishi mumkin. Niderlandiyalik yarim himoyachining yangi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Uning tovon puli 500 million evroga teng.
Frenki Kataloniya grandi safida 2019 yilning yozidan beri o‘ynamoqda.Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.



Fikrlar