
De Yong "Barselona"dagi kelajagi haqida qaror qabul qildi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong kelajakdagi rejalari haqida bir qarorga keldi. Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, niderlandiyalik yarim himoyachi "ko‘k-anorrnglilar" safida o‘ynashda davom ettirish niyatida.
25 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Avvalroq, OAVda Frenkiga "Manchester Yunayted"dan qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
De Yong joriy mavsumda "Brselona" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar