De Zerbi: "Tottenxem"da tushib ketish xavfi bor, lekin bitta g'alaba hamma narsani o'zgartiradi"

  • 14.04.2026 16:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoaning Premier-ligadan tushib ketish xavfi haqida fikr bildirdi.

"Tushib ketish qo‘rqovi? Ha, bu muammo. Hozirgi maqsadimiz — bitta o‘yinda g‘alaba qozonish. Shundan keyin vaziyat o‘zgaradi", — dedi murabbiy Fabrizio Romano keltirgan ma’lumotga ko‘ra.

Eslatib o‘tamiz, De Zerbi mart oyi oxirida "Tottenxem" bosh murabbiyi etib tayinlangan va klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Angliya chempionatining 32-turida "shporlar" "Sanderlend"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, tushib ketish zonasida qolib ketdi. Jamoa hisobida 30 ochko mavjud, 17-o‘rindagi xavfsiz zonadan farq esa 2 ochkoga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!