
Deku: "Uning butun faoliyati hali oldinda"
"Barselona" sport direktori Dekuning fikricha, Ansu Fati eng yaxshi formasiga qaytishi mumkin.
“Ansu Fati bizning futbolchimiz. Biz uning qaytib kelganidan xursandmiz. So‘nggi yillarda u tez-tez jarohat oldi. Lekin u atigi 21 yoshda va uning butun faoliyati hali oldinda.
U biz ko‘rmoqchi bo‘lgan Fatiga aylanish uchun yaxshi imkoniyatga ega. Uning nimalarga qodirligini hamma biladi”, - dedi kataloniyaliklar sport direktori.
Fikrlar