
Dele Alli hech kim qilmagan ishni uddalab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
"Tottenxem"ning eng iqtidorli futbolchisi Dele Alli o‘z natijasi bilan Ginnesnning rekorlar kitobiga kirdi.
Futbolchi mashhur kitobga o‘z nomini muhrlashni orzu qilardi. Futbol texnikasini yaxshi o‘zlashtirgan charm to‘p ustasi 30 soniya ichida raqibni oyoqlari orasida to‘pni o‘tkazish orqali uni aldab o‘tish bo‘yicha rekord o‘rnatishga bel bog‘ladi.
Rekord qad etilishi uchun Alli 30 soniya ichida raqibning oyoqlari orasida sakkiz marta to‘p o‘tkazashi kerak edi.
Bu rekordni o‘rnatishda Alliga jamoadoshi Jorj-Kevin N'Kudu raqib vazifasini bajarib berdi. Dastlabki ikki urunish o‘xshamadi. Deli Alli raqibni etti martadan aldab o‘ta oldi xolos. Uchinchi urinishda Alli taktikani o‘zgartirdi va bu o‘z samarasini berdi.
Bu jarayon Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan jo‘natilgan komissiya nazorat qilindi va ular tomonidan 30 soniyada sakkizata aldamchi harakatni amalga oshirib, raqib oyoqlari orasidan to‘pni olib o‘tgan Deli Alli Ginessning rekordlar kitobidan joy olgani tasdiqlandi.
Fikrlar