Dembele: "Argentinaliklar juda tajovuzkor o‘ynaydi"

  • 17 dekabr, 2022, 14:06
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi vingeri Usmon Dembele Argentinaga qarshi final oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

"Argentinaliklar juda tajovuzkor o‘ynaydi. Menimcha, ular buni yomon niyat bilan qilishmaydi. Futbolda siz doimo sovuqqon bo‘lishingiz kerak, lekin biz bunga yarasha munosib javob berishga tayyormiz.

Biz oxirigacha kurashamiz va yaxshi o‘yin o‘tkazishga umid qilyapmiz. O‘ylaymanki, bu ajoyib bahs bo‘ladi", - dedi "Barselona" hujumchisi.

Ma’lumot uchun, Argentina va Frantsiya o‘rtasidagi JCh-2022 finali 18 dekabr yakshanba kuni "Lusail" stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!