Dembele: Bir kun kelib albatta Messi bilan birga o‘ynashimni bilardim

  • 2 mart, 2018, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yoz Dortmundning “Borussiya” klubidan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Usmon Dembele maydonda qizg‘onchiq emasligi va Messi bilan bir jamoada o‘ynashini avvaldan bilgani haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Men bunday jamoada o‘ynash uchun juda ko‘p mehnat qildim. Bir kun kelib Messidek futbolchi bilan birga o‘ynashimni bilardim.

Men maydonda qizg‘onchiq emasman. Agarda shunday bo‘lganida o‘tgan mavsum 21ta golga assistentlik qilmagan bo‘lardim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum jarohati sabab ko‘plab uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. U hozircha La Ligada 7ta bahsda ishtirok etgan holos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!