Dembele "Oltin to‘p"ga loyiq futbolchi kim ekanligini aytdi

  • 25 oktabr, 18:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning 28 yoshli frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele Madridning "Real" klubi futbolchisi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U faoliyati nuqtai nazaridan "Oltin to‘p"ga loyiq. U mavsumni juda yaxshi boshladi, shunchaki gol urishda davom etmoqda. U mening do‘stim. Umid qilamanki, Mbappe shu ruhda davom etadi va bir kun kelib bu sharafli sovrinni qo‘lga kiritadi", - deb Dembelening so‘zlarini keltirdi Get French Football News.

Joriy mavsumda hujumchi "Real" safida barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Terma jamoasi safida Mbappe uchta uchrashuv o‘tkazdi va uchta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!