
Dembele uchun APLning ikki klubi kurashmoqda
Frantsiyaning "Lion" klubi forvardi Mussa Dembele faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Football Insider nashrining xabar berishicha 23 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Everton" klubidan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. “Irischilar” uni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Dembelega "Manchester Yunayted" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Qizil iblislar” uning transferi uchun “Lion”ga 50 mln evro to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Lion” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar