Dembele yoki Yamal? Pogba "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzod kimligini aytdi

  • 21 iyul, 02:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pol Pogba Usmon Dembeleni "Oltin to‘p" uchun asosiy nomzod deb hisoblamoqda.

"Monako" yarim himoyachisi undan mukofot uchun kurashda eng kuchli beshta nomzodni aytib berish so‘ralganda, frantsiyalik futbolchi PSJdan Dembele, Ashraf Hakimi va Vitinyani, "Real"dan Kilian Mbappeni hamda "Barselona"dan Lamin Yamalni tilga oldi.

Tecno

Pogbadan Dembele va Yamal o‘rtasida tanlov qilish so‘ralganda, Pol Usmon doimo Lamindan bir qadam oldinda bo‘lishini ta’kidladi: "U juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdi, jamoa uchun bu mukofot juda muhim edi. Usmon ko‘plab gol urdi, hal qiluvchi o‘yinlarda o‘zini namoyon qildi. Bu uning yili. Agar Dembele hozir g‘olib bo‘lmasa, boshqa hech qachon bu sovrinni qo‘lga kirita olmaydi."

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!