
Demetrius Jonson mashhur bokschining MMA qoidalariga ko‘ra Ngannuni mag‘lub etishini aytdi
UFC ning super engil vazn toifasida sobiq chempioni, amerikalik Demetrius Jonsonning fikricha, mashhur britaniyalik bokschi Entoni Joshua MMA qoidalari bo‘yicha jangda og‘ir vaznda sobiq UFC jangchisi kamerunlik Frensis Ngannuni mag‘lub eta oladi.
“Frensis jahon darajasidagi kikbokschi emas. Barcha janglarini ko‘rib chiqsak, u texnika bilan bir necha bor g‘alaba qozongan va juda kam parterda harakat qilgan. Ammo uni Entoni Joshuadek yuqori malakali sportchi bilan solishtiradigan bo‘lsak...
Menga Entonini olti oyga bering, men unga himoya, tepish va boks usullarini o‘rgataman. Agar Entoni bularning barchasini o‘zlashtira olsa, u haqiqatan ham oktagonda Frensisni mag‘lub eta oladi", - deya Jonsonning so‘zlarini keltiradi Give me Sport portali.
Fikrlar