Деметриус Жонсон: "Хамзат Чимаев ва Шон Стрикленд жанги 4-раундда якунланади"
Hamzat Chimaevning lagerida ko‘p vaqt o‘tkazgan aralash yakkakurashlar afsonasi Demetrius Jonson "Borz"ning Shon Striklendga qarshi to‘qnashuvda g‘alaba qozonishini ta’kidladi.
"O‘ylaymanki, Chimaev Shon bilan jangda mutlaq ustunlik namoyish etadi. Chunki uning ajoyib jamoasi va sparring sheriklari bor. Shunga asoslanib to‘rtinchi raundda Hamzatning g‘alabasiga pul tikaman", - dedi amerikalik.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev va Striklend qarama-qarshiligi 10 may kuni "UFC 328" turnirida o‘tkazilishi belgilangan.

Fikrlar