Denis Istomin birinchi setni o‘ziniki qildi
Xitoyning Shenjen shahrida tennis bo‘yicha “Chellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘z ishtirokini boshladi.
"Shenzhen Longhua Open" musobaqasining ushbu bosqichida Denis rossiyalik Roman Safiullin bilan o‘zaro kuch sinashmoqda.
Biroz avval boshlangan mazkur o‘yinning birinchi setida tennischimiz 6:4 hisobida zafar quchdi. Hozir tennischilar ikkinchi setni o‘tkazmoqda. Unda Roman 3:1 hisobida oldinda bormoqda

Fikrlar