Denis Istomin kortga qaytmoqda

  • 3 avgust, 2020, 11:36
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Joriy yilning 17-23 avgust kunlari Chexiyaning Praga shahrida Professional tennischilar uyushmasi tomonidan “Prague Challenger 125“ turniri o‘tkaziladi.
 
Sovrin jamg‘armasi 137 ming 560 evroni tashkil etuvchi mazkur turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ishtirok etadi. Denis turnirni asosiy to‘r bahslaridan boshlaydi.
 
Eslatib o‘tamiz, musobaqa g‘olibi "ATP"ning 125 reyting ochkosi bilan birgalikda 18,290 evro pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!