Denis Istomin tunda kortga chiqadi
AQShda tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin uchinchi davradagi o‘yinini birozdan so‘ng o‘tkazadi.
Yakkalik bahslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichdan boshlagan Denis ushbu bosqichda moldovalik Aleksandr Kozbinovni 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi.
Shu tariqa, mamlakatimizning eng kuchli tennischisi 1/8 final bosqichida braziliyalik Gilerme Klezarga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:05 dan so‘ng boshlanadi.

Fikrlar