
Denisovning jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda
Hozirgina Rossiya Premer-Ligasi 19-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Rubin” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Unda “temiryo‘lchilar” 87-daqiqada Jefferson Farfan tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi va o‘z ochkolari sonini 42 taga etkazgan holda, turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda.
Hamyurtimiz Vitaliy Deniov bu o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida zahiraga olindi.
Rossiya Premer-Ligasi. 19-tur
Lokomotiv – Rubin 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 87 Farfan.
Lokomotiv – Kochenkov, Kverkveliya, Denisov (Lysov, 46), Peychinovich, Miranchuk, Denisov, Fernandesh, Miranchuk (Eder, 46), Farfan, Kolomeytsev, Mixalik (Tarasov, 60).
Rubin – Djanaev, Kambolov, Navas, Kudryashov, Nabiullin (Jemaletdinov, 90), Ozdoev, Tsaktash, Kanunnikov, Mvila, Bauer, Azmun (Sorokin, 83).
Ogohlantirishlar: Navas (46), Tarasov (88), Ozdoev (90).
Chetlatish: Navas (80).
Fikrlar