Denisovning sobiq jamoadoshi APL tarixiga kirdi
Angliyaning “Everton” klubi hujumchisi Baye Umar Nyasse simulyatsiya uchun diskvalifikatsiyaga uchradi.
Angliya Premer-Ligasi 12-turida “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda jarima maydoni ichida simulyatsiya ishlatgan edi. Uchrashuv bosh hakami esa uning “san’at”ini ko‘rmay qoldi va londonliklar darvozasi tomon penalti belgiladi.
APL tarib-intizom qo‘mitasi esa uni ikki o‘yinga chetlatdi. Qayd etish joiz, bu APL tarixidagi simulyatsiya uchun qo‘llangan ilk jazo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Nyasse hamyurtimiz Vitaliy Denisov bilan “Lokomotiv” safida to‘p surgan.



Fikrlar