Denisovning ustozi: Futbolda ikki xil yo‘nalish mavjud, biri Gvardiolaniki va yana biri Simeoneniki
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Yuriy Syomin Evropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Madridning “Atletiko” jamoasiga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan muxlislarni stadionga chorladi.
“Bugun futbolda ikki xil yo‘nalish mavjud. Biri Gvardiolaniki va yana bir Diego Simeoneniki. Biz esa payshanba kuni ulardan biriga qarshi maydongda tushamiz. Bizni og‘ir o‘yin kutib turibdi va muxlislarning yordamiga muhtojmiz”, – deb o‘zining “Instagram”dagi sahifasida yozib qoldirgan Syomin.
Ma’lumot uchun, Madriddda kechgan ilk o‘yinda “temiryo‘lchilar” raqibga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Fikrlar