
Depay "Barsa"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Memfis Depay kelajagi to‘g‘risida bir qarorga keldi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 26 yoshli futbolchi o‘zini "ko‘k-anorranglilar" safida sinab ko‘rmoqchi. Memfis "Barselona" u yutmoqchi bo‘lgan sovrinlar uchun kurasha olishiga ishonmoqda. Ammo "Lion" va "Barsa" muzokaralar borasida bir to‘xtamga kela olmayapti.
Frantsuzlar o‘z futbolchisi uchun so‘rayotgan 25 mln evroni kataloniyaliklar to‘lashga shoshmayapti. Bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun "Barsa" rahbarlari pul sarflamoqchi emas. Biroq bosh murabbiyning talabi vaziyatni o‘zgartirib yuborishi ham mumkin.
Fikrlar