Depay “Barselona” bilan xayrlashadi

  • 29 noyabr, 2021, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiylikka Xavini olib kelgani, avvalgi murabbiy Ronald Kuman olgan futbolchilarning kelajagiga salbiy ta’sir qilmoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis transferlarda asosan o‘z hamyurtlariga e’tibor qaratdi. Xususan, Kuman “Lion”dan Memfis Depayni “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndirdi. Xavi esa, Kuman chaqirgan futbolchilardan qutilmoqchi. Ular orasida Depay ham bor.

 Manbalarning xabar berishicha, Depayning o‘zi ham Kumandan keyin Kataloniyada uzoq qolmasligini tushinib etgan va tezroq o‘ziga boshqa jamoa topmoqchi. Xavi tarkibga Ferran Torresni olib kelish istagini bildirgani ham Depay ketish signali bo‘lib xizmat qilmoqla.

Depayning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Shu bois, kataloniyaliklar yanvarda uni sotib, maoshiga ketgan xarajatlarni qoplab olishni rejalashtiryapti. “Barselona” tarkibida La Ligada 14 ta uchrashuvda sakkizta gol urgan hujumchiga “Yuventus”, “Roma” va “Tottenxem” qiziqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!