Depay PSJdan ko‘ra "Barselona"ga o‘tishga yaqin turibdi

  • 26 dekabr, 2020, 17:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lion" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini davom ettirish uchun aniq taklif oldi.

26 yoshli gollandiyalik futbolchiga "Barselona" va PSJ jiddiy qiziqib qolgan. Barcauniversal nashri tarqatgan xabarda aytilishicha, Depay PSJga qaraganda, “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Bundan avvalroq, “Lion” Memfisni 5 mln evroga sotib yuborishga tayyor ekani aytilgandi. 

Depay joriy mavsum “Lion” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!