Depay tezroq "Lion"dan ketmoqchi

  • 09.09.2019 13:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" klubi hujumchisi Memfis Depay qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda Calciomercato.com nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga qaraganda 25 yoshli gollandiyalik futbolchi frantsuz klubidan ketishni xohlamoqda. Unga esa “Milan” asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Depay asli PSV klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lion” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!