Depay uchun mavsum muddatidan avval yakunlanishi mumkin

  • 16.12.2019 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lion" klubi hujumchisi  Memfis Depay mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli gollandiyalik futbolchi kecha bo‘lib o‘tgan “Renn”ga (0:1) qarshi o‘yinda tizzasidan jiddiy jarohat olgan bo‘lishi mumkin. U tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, agar dastlabki tashxis to‘g‘ri chiqsa u kamida 6-7 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Depay joriy mavsum “Lion” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!