Dest: «AQShga biroz omad etmadi»

  • 05.12.2022 19:06
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh terma jamoasi himoyachisi Serjino Dest o‘z milliy terma jamoasining jahon chempionatidan chiqib ketganligi haqida fikr bildirdi.

1/8 final doirasidagi o‘yinda amerikaliklar Niderlandiyaga imkoniyatni boy berishdi (1:3).

«Katta omadsizlik! Biroq biz jamoa bo‘lib vatanimiz uchun borimizni berdik, afsuski, o‘sha oqshom biroz omad kulib boqmadi. Men jamoadan va butun turnir davomidagi kurashuvchanlik qobiliyatimizdan juda ham faxrlanaman. Bu jamoada juda ko‘p iqtidorlar bor va ko‘pchiligimiz hali yoshmiz va rivojlanish uchun ko‘p vaqtimiz bor.

Uch yarim yildan so‘ng, 2026 yil yozida, o‘z ona zaminimizda bo‘ladigan mundial uchun jiddiy tayyorlanamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat, biz buni butun turnir davomida his qildik», - dedi Dest.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati uchta davlatda bo‘lib o‘tadi: AQSh, Kanada va Meksika.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!