
Deulofeu: Messidan ustun faqat bir futbolchi bor
“Barselona”ning sobiq xavbeki Jerar Deulofeu tarixda kimni eng yaxshi futbolchi, deb hisoblashini aytdi.
“Men uchun eng zo‘r futbolchi bu Ronaldino. Men u bilan uchrashganman. Qaysidir o‘yinda “Kamp Nou”ga kelgan paytim, u yonimda o‘tirgan edi. Buni esdan chiqarib bo‘lmaydi.
Messi ham ajoyib. U ham menga yoqadi. U bilan yarim yil birga o‘ynadim. U yaxshi inson va ajoyib futbolchi. Buni butun dunyo biladi”, - dedi Deulofeu.
Fikrlar