
Deulofeu yana Italiyaga qaytmoqda
“Uotford” yarim himoyachisi Jerar Deulofeu yana A Seriyaga qaytadigan bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 26 yoshli ispaniyalik futbolchi “Udineze”ga o‘tadi. Hozircha transferning boshqa tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Bundan avvalroq, Deulofeuga “Lokomotiv”dan ham taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Jerar uchun Italiya chempionati begona emas. U 2016/17 yilgi mavsumda “Milan” safida to‘p surgan.
Fikrlar