Devid Bekxem nima uchun MYuni tark etgan edi?

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz "qizil iblislar" ustozi Ser Aleks Fergyuson nima sababdan Devid Bekxemni sotib yuborgani haqida gapirib berdi.

"Devid jamoadagi o‘rnini yo‘qotib ulgurgandi, chunki u Fergyuson bilan doimo bahslashar edi. Shunga u uchun yagona chiqish yo‘li bu klubni tark etish bo‘lib qolgandi.

O‘zim ham bir necha marotaba Ser Aleks bilan kelisha olmay qolganman. Chunki o‘yin davomida hech narsa qilmasligingni eshitish oson emas. U bunday vaqtlarda maoshimdan ushlab qolar, bu qarori jamoadagi muhitni saqlab qolish uchun kerakligini tushintirgan edi", - dedi Giggz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!