Devid Moyes yana "Everton"ga qaytadimi?
Ayni damda ishsiz yurgan Devid Moyes yana “Everton”ga qaytishi mumkin.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “irischilar” rahbariyati jamoaning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalaridan so‘ng bosh murabbiy Marku Silvani iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Agar shunday bo‘lsa, rahbariyat yana shotlandiyalik mutaxassisni jamoga taklif etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Moyes 2002-2013 yillarda “Everton”ni boshqargan va shundan so‘ng “Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar