
Deyarli har o‘yinda gol uradigan "Napoli" hujumchisi faoliyatini qaerda davom ettirmoqchi?
“Napoli” etakchilaridan biri Viktor Osimxen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning fikricha, Premer-ligada o‘ynash nigeriyalik hujumchining eng katta orzusi. Xabarlarga ko‘ra, hujumchiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Osimxen "Bavariya"ga o‘tishga ham tayyor, ammo nemis gigantining moliyaviy rejalari tufayli bunday transfer imkoniyati kam.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Osimxen "Napoli"da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsum u barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda 23 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar