Di Mariya PSJda qolmoqchi, ammo...

  • 9 fevral, 2022, 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi mumkin, deb xabar bermoqda L'Équipe.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, frantsuz klubi rahbariyati futbolchi bilan 6 oydan keyin tugaydigan shartnomani uzaytirishni istamayapti. Futbolchining o‘zi esa Parid klubida yana bir mavsum qolishni istaydi.

33 yoshli Di Mariya joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!