Di Mariya Venesuela hamda Marokashga qarshi o‘yinlarda ishtirok etmaydi
PSJ klubi vingeri Anxel Di Mariya jarohati sabab Argentina terma jamoasi safida Venesuela (22 mart) hamda Marokashga (26 mart) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina hamda Venesuela uchrashuvi ertaga Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Di Mariya joriy mavsum 25ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar