Di Mariyaning gollari PSJga g‘alaba keltirdi

  • 15 aprel, 2017, 07:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatining 33-turida musobaqaning amaldagi chempioni PSJ klubi "Anje" maydoniga safar qildi. 

Tecno

Uchrashuv kutilganidek parijliklarning ustunligida o‘tdi va bu yakunda tablodagi hisobda ham aks etdi. O‘yinda PSJning argentinalik a’zosi Anxel Di Mariya dubl qayd etib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Yakuniy hisob 2:0.

"Anje" - PSJ 0:2 (0:1)

Gollar: 0:1 – 28 Di Mariya, 0:2 – 84 Di Mariya.

"Anje": Letele, Sissoko, Traore, Toma, Manko, Ndoye, Santamariya, Mangani, Pepe (Bamba, 76), Dediu (Berigo, 82), Toko-Ekambi.

PSJ: Trapp, Ore, Markinos, Kimpembe, Maksvell, Verratti, Rabo, Matyuidi (Motta, 77), Di Mariya (Gonsalu Gedesh, 90), Kavani, Pastore (Lukas Moura, 69).

Ogohlantirishlar: Verratti (12), Toma (12), Dediu (58).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!