Dibala "Tottenxem"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala “Tottenxem”ga qarshi EChL 1/8 final ilk uchrashuvida jamoasiga yordam bera olmaydi. Argentinalik futbolchi yaqindagina belidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy mashg‘ulotlarga qo‘shilgan edi.

Turin klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bu futbolchini 13 fevral kuni Italdiyada ingliz jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yin qaydnomasiga kiritmagan.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Allegri argentinalik futbolchining jarohati takrorlanishini istamayotir. Shuningdek, “Yuventus” safida Andrea Bartsali, Xuan Kuadrado va Blez Matyuidi ham qaydnomadan o‘rin olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!