Dide Desham: Pogbaning mahoratiga shubha qilmayman

  • 4 iyun, 2018, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Men Pogbaning iqtidoriga shubha qilmayman, chunki uning salohiyatini yaxshi bilaman. Biroq, Polning o‘zi qanday darajadagi futbolchi ekanligini tushinishi lozim. Men Pogbani tarkibda o‘z o‘rniga ega futbolchi bo‘lgani uchun terma jamoaga chaqirdim. Pol hali o‘zining eng yuqori darajasiga chiqqanicha yo‘q, ammo hozirgi holatida ham jamoaga ko‘p narsa berishi mumkin”, - deydi Desham.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik ishqibozlar Italiyaga (3:1) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Pogbaga nisbatan hushtakbozlik qilishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!