
Diego Maradona yuraksiz dafn etilgan
Shifokor va jurnalist Nelson Kastroning aytishicha, afsonaviy argentinalik futbolchi Diego Maradona yuraksiz holatda dafn etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, dafn marosimidan biroz oldin uning yuragi tanasidan olib tashlangan. Bunga sabab uni o‘rganish zarurati bo‘lgan. O‘lim sababini aniqlashda yurak juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Diego 2020 yilning 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgandi. U 1986 yilda Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempioni bo‘lgan.
Fikrlar