Diego Shvartsmanning kuchi etmadi
Argentinalik tennischi Diego Shvartsman "China Open" turnirining chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muyassar bo‘lmadi.
Diego musobaqaning 1/8 final bosqichida amerikalik Sem Kuerrini uch setda 6:7, 7:6, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi Pekin shahrida Kuerri kanadalik Feliks Oje, yoki germaniyalik Aleksandr Zverevga qarshi yarim final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi.

Fikrlar