Dilafro‘z Mamajonova belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni!
Joriy yilning 26-27 dekabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
1997-1999 yillarda tavallud topgan polvonlar delegatsiyasiga mamlakat yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Maxamatov boshchilik qildi. Polvonlarimiz chempionatda 9 ta medalga ega chiqishdi. Kurashchilarimizdan Dilafruz Mamajonova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Murodjon Hamidov kumush, Abduqahhor Ahmadjonov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston yoshlari chempionatda umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

Fikrlar