
Dilshod Rahmatov: Turkmaniston ikkinchi bo‘limda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi
Osiyo kubogi “B” guruhi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Turkmaniston o‘yidan so‘ng terma jamoamiz a’zosi Dilshod Rahmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ushbu g‘alabani bizni qo‘llab-quvvatlab turgan o‘zbek xalqiga bag‘ishlaymiz. Murabbiyning ko‘rsatmalarini bajardik va shu bilan birga xatosiz o‘ynadik. Bunday hisobni kutmagan edim. Turkmaniston ikkinchi bo‘limda ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi. Biz esa ulardan foydalanib, yirik hisobda g‘alaba qozondik.
Ma’lumot uchun, vakillarimiz ikkinchi turda Tojikistonga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar