Din Xausen charchoq va bosim tufayli qiynalmoqda
"Real" himoyachisi Din Xeysen hozirda charchoq va katta bosim tufayli qiynalmoqda.
"The Athletic" ma’lumotiga ko‘ra, Xausen "Madrid"da eng ko‘p dam olish imkoniyati etishmagan futbolchilardan biri hisoblanadi. Shanba kuni, "Sevilya"ga (2:0) qarshi "Santyago Bernabeu"dagi uchrashuvda 20 yoshli futbolchi muxlislar tomonidan hushtak ovozi bilan kutib olindi. Uyin davomida esa diqqatni yo‘qotishi natijasida "Sevilya" hisobni ochishga yaqin keldi.
Hozir Xausen katta bosim ostida. "Bornmut"dan 50 million funtga ko‘chib o‘tganidan beri u kutilgan barqaror yaxshi formani namoyish qila olmadi, shu bilan birga uchta mushak jarohati bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keldi.
Futbolchiga yaqin manbalarning aytishicha, muxlislar 2025 yil davomida u klub va terma jamoa safida 50 ta o‘yinda qatnashib, qanchalik charchoqni his qilganini to‘liq anglamagan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun Din Xausen atrofidagilar uning jismoniy holatini tiklash va qayta yuklanish uchun vaqt kerak deb hisoblamoqda.



Fikrlar