"Dinamo" Belarus yig‘inidagi ilk o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
Belarusda yozgi yig‘inini o‘tkazayotgan "Dinamo" u erdagi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, Belarus chempionatida 2-o‘rinda borayotgan "Slaviya"ga qarshi mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
"Dinamo"ning goliga Sanjar Qodirqulov mualliflik qilgan bo‘lsa, Xislat Xalilovning penaltidan yo‘llagan zarbasi golga aylanmadi.
Samarqandliklar navbatdagi nazorat bahsini 23 iyul kuni "Molodechno" klubiga qarshi o‘tkazadi.
"Slaviya" - "Dinamo" - 3:1
Gollar: Ivanov 2, Solovey 12, Lixtin 65 – Sanjar Qodirqulov 17
Foydalanilmagan penalti: Xislat Xalilov 78.
"Dinamo" (asosiy tarkib): Ravshanbek Yagudin, Akbar Abdurasulov, Oleksandr Kucherenko, Jaloliddin Jumaboev, Ulug‘bek Abdullaev, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Ratino, Jahongir Abdusalomov, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug‘bek Hoshimov.
Fikrlar