
"Dinamo" ham mashg‘ulotlarga kirishdi
“Dinamo” jamoasi ikki haftalik tanaffusdan keyin mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa a’zolari bugun, 15 iyul kuni Samarqanddagi qarorgohda to‘planib, mashg‘ulotlarga kirishishdi. Kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazish belgilangan.
Ushbu yig‘in doirasida 20 iyul, seshanba kuni Qarshida “Nasaf”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi belgilangan.
“Dinamo” jamoasi 15-22 iyul kunlari Samarqandda tayyorgarlik ko‘rib, 23 iyul kunidan Toshkent viloyatining Dukent tog‘li hududida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Jamoa tarkibida o‘zgarishlar kuzatilsa, bu haqda rasman ma’lum qilinadi, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.
Fikrlar