"Dinamo" klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 26 sentabr, 2019, 13:29
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, chorshanba kuni «Dinamo» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jamoaning Superliga ikkinchi davrasidagi muvaffaqiyatsiz natijalari bois, bosh murabbiyi Davron Fayziev o‘z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

Tecno

Oldinroq xabar berilganidek, klub bir qator murabbiylar bilan muzokara olib bordi va bosh murabbiy borasida yakuniy to‘xtamga keldi.

25 sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov bilan o‘zaro uchrashuvdan keyin tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kuni «Dinamo» futbol klubi qarorgohida yig‘ilish o‘tkazilib, unda klub homiylari va rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda jamoa futbolchilariga bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodov tanishtirildi.

Yangi bosh murabbiy bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolanib, Tachmurod Agamurodov oldiga «Dinamo» jamoasini Superligada olib qolish vazifasi yuklandi. Ushbu vazifa bajarilsa, bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytiriladi.

Ma’lumot uchun, turkmanistonlik tajribali murabbiy 2007 va 2014 yilgi mavsumlarda ham «Dinamo» jamoasida faoliyat olib borgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!