"Dinamo" legioner yarim himoyachini oʻz safiga qoʻshib oldi
"Dinamo" mavsumning ikkinchi qismi oldidan tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Samarqandliklardan navbatdagi yangilik!
"Klub yozgi transfer oynasida gvineyalik yarim himoyachi Amadu Dumbuyani oʻz safiga qoʻshib olganini maʼlum qilamiz. «Dinamo» PFK va Dumbuya oʻrtasida 2026 yildgi mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi. Amadu jamoamiz safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. 23 yoshli yarimhimoyachi «Dinamo» safiga jamoa Issiqkўldan Samarqandga qaytgach, qoʻshiladi.
23 yoshli vinger faoliyatini Shvetsiyaning «Yurgorden» klubida boshlagan boʻlsa, 2023-2024 yillarda Bolgariyaning «Botev Plovdiv» klubida toʻp surgan. Soʻnggi ikki yil davomida esa Qozogʻistonning yetakchi klublaridan biri «Aktobe» sharafini himoya qilgan.
Ishonamizki, Amadu Dumbuya oʻz oʻyinlari bilan barchaning ishonchini oʻqlaydi", - deya yozdi klub matbuot xizmati.

Fikrlar