"Dinamo" Pro-ligaga tushib ketish arafasida, ko‘rsatkichlar achinarli holatda

  • 20 sentabr, 2022, 20:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 19-tur doirasida "Dinamo" jamoasi "Neftchi" klubi bilan kuch sinashdi. Unda farg‘onaliklar yirik 4:1 hisobida g‘alabani tantana qildi. 

Tecno

Bu mag‘lubiyat tufayli samarqandliklarning 13 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘yilmadi. "Dinamo" bu mavsum yomon natijalari bilan ko‘proq yodda qolmoqda. Klub eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan va eng ko‘p mag‘lub bo‘lgan jamoa bo‘lib turibdi.

Abramov jamoasi o‘z darvozasidan 37 ta to‘p olib chiqqan. Shuningdek, ular 13 bahsda raqiblariga imkoniyatni boy bergan.

Oxirgi marotaba klub 5-turda "Lokomotiv"ni taslim etgandi. Ushbu g‘alaba hozircha yagonaligicha qolmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!