"Dinamo" Toshkentda to‘plandi. Keyingi yig‘in Turkiyada!

  • 02.02.2024 22:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Dinamo» jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida Samarqanddan Toshkentga jo‘nab ketdi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi jamoa 29 yanvar kuni Abu-Dabidan O‘zbekistonga qaytgach, 3 kunlik dam olishdan keyin bugun, 2 fevral kunidan Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

«Dinamo» poytaxtda 5 kun bo‘lib, 4 fevral kuni Toshkentning «Lokomotiv» klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushadi.

7 fevral kuni esa «Dinamo» jamoasi mavsum oldi ikkinchi xorijiy yig‘inni o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketadi. Ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 21 fevralgacha davom etib, «Dinamo» bir qator o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!