"Dinamo" Valeriy Karpin jamoasiga mag‘lub bo‘ldi

  • 21 fevral, 23:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Dinamo" jamoasi Dubaydagi to‘rtinchi o‘rtoqlik o‘yinida "Rostov" klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bahsni hujumkor boshlagan samarqandliklar Xislat Xalilov jarima maydoni ichida yiqitilgach, penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Marko Stanoevich goli bilan hisobni ochdi – 1:0.

Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda Valeriy Karpin murabbiyligidagi Rossiya klubi vaziyatni o‘zgartira oldi va Golenkovning xet-trigi evaziga yakunda g‘alabaga erishdi – 3:1.

"Dinamo" bir kun avval "Astana" bilan o‘yin (2:2) o‘tkazgani sababli bugungi bahsda ham Vadim Abramov bir qator o‘yinchilarga imkoniyat berdi. 

O‘rtoqlik uchrashuvi. 21 fevral.
"Dinamo" - "Rostov" - 1:3
Gollar: Stanoevich 3 pen. – Egor Golenkov 22, 30, 71. 
"Dinamo": Yagudin, O‘rozov, Jumaboev, Abdullaev, A’loxo‘jaev, Qodirqulov, Ratino, Stanoevich, Xalilov, Hojimirzaev, Abdurahmonov.
Zaxiradan tushganlar: Abdurasulov, Mustafoev, Maykon, O‘rmonjonov, Oqbo‘taev, Obloqulov, Mirahmadov, Ibragimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурат
22/02/2025 09:33
Динамога юкари уринлар учин курашичга ярдам бераман