"Dinamo"ni 17 futbolchi tark etdi. Ular orasida Osiyo chempionati finalida gol urgan o‘yinchi ham bor

  • 20.01.2021 16:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2020 yilgi mavsumdan keyin «Dinamo» jamoasi bilan shartnomasi yakuniga etgan bir qator futbolchilar klubni tark etib, boshqa jamoalarga o‘tishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, darvozabonlar – Shohruhjon Raimov, Erkin Jabborov, himoyachilar – Hakimxon A’lamxonov, Avaz Agaliev, Iskandar Siddiqjonov, yarim himoyachilar – Damir Temirov, Bobur Qosimov, Farhod Namozov, Sharofiddin Shobirov, Eldor Boymatov, hujumchilar – Amirjon Safarov, Andrey Sidorov, Azamat Allaniyozov klub bilan xayrlashdi.

Shuningdek, 2020 yilda samarqandliklar safida ijara asosida to‘p tepgan Jahongir Ahmadov, Suhrob Nurulloev, Shahboz Nuriddinov va Oybek Nurmatov ham o‘z klublari safiga qaytgan.

photo_2021-01-20_10-18-21

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!